Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sterling "Arsenal"da pochinni ochib oldi

Sterling "Arsenal"da pochinni ochib oldi

Baho:
+ | -

"Arsenal"ning yozgi yangi futbolchisi Raxim Sterling "kanonirlar" safida ilk bor golda ishtirok etdi. U Liga kubogi doirasida "Bolton" bilan o‘yinning birinchi bo‘limi oxirida yosh hujumchi Etan Nvaneri uchun golli uzatmani amalga oshirdi va gol muallifi o‘yin hisobini londonliklar foydasiga ishonchli tarzda 2:0 ga yetkazdi. Sterlingning o‘zi 64-daqiqada jamoasining 4-golini kiritdi. Bahs 5:1 hisobida yakunlandi.

Shunday qilib, Sterlingga "Arsenal"dagi birinchi golini urish uchun uchta o‘yin kerak bo‘ldi. U "Arsenal" safida 15 sentyabr kuni "Tottenxem" bilan Shimoliy London derbisida (1:0) debyut qildi. Keyin esa Chempionlar ligasida mehmonda Bergamoda "Atalanta"ga qarshi o‘ynadi (0:0).

Kiritildi: 08:26, 26.09.2024.
O'qildi: 1166 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.