Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: "Bunyodkor"ning o‘yini o‘sgan"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Bunyodkor"ning o‘yini o‘sgan"

Baho:
+ | -

Superligada 20-tur yakunlandi. Turning so‘nggi uchrashuvi Toshkentda kechdi. Unda peshqadam "Nasaf" "Bunyodkor" bilan kuch sinashdi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

G‘alabani qo‘ldan chiqardik. Bunga bir nechta sabab bor. Hisob 0:2 bo‘lgan paytida ko‘p narsani o‘zgartirishga ulgurmay qoldik. Birinchi goldan keyin o‘yinimiz buzilib ketdi. Ilk 20 daqiqada biz hujumlar qildik, keyin tempni tushirdik. Ikkinchi bo‘limni ham yaxshi boshladik, ammo keyin to‘p o‘tkazib yuborganimiz biroz rejalarni barbod qildi. Qizil kartochka ham qiynab qo‘ydi.

Jamoa 0:2 dan keyin OCHL haqida o‘ylay boshlagandek...

Haqiqatdan ham, keyingi turda bizni ma’suliyatli bahs kutib turibdi. Xalqaro uchrashuvga ham tayyorgarlik ko‘rish uchun ham bugun rotasiyaga murojaat etdik. 0:2 paytida pozision o‘zgarishlarni qilishga ulgurmay qoldik. O‘zimizga kelgunimizga qadar qizil kartocha, umuman olganda ko‘p narsalar bo‘lib ketdi. Balki, yigitlar ham 0:2 dan keyin besh kishi bo‘lib ham Temurxo‘jaga zarba yo‘llash imkoniyatini yaratib berdi. Ularning ham hayoli keyingi bellashuvga ketgan bo‘lishi ham mumkin. Bugungi o‘yin ko‘rsatdiki, 90 daqiqa e’tiborli bo‘lish kerak.

"Shabab Al Ahli" haqida fikringiz?

U jamoa haqida sizlarda ham ma’lumotlar yetarlicha. Legionerlarini sanab tugata olmadim. Shunga qaramay, hech kimdan qo‘rqmaymiz. O‘tgan turdagi "Quvayt" jamoasi bu mamlakati chempioni. Oson o‘yin bo‘lmadi. Issiqda qiynalganimiz ham rost. OKMK bilan uchrashuvni o‘ylagan xolda, biz bir nechta yetakchi futbolchimizni qoldirib ketgan edik. Guruhdan chiqish uchun ochko to‘plashimiz kerak.

"Bunyodkor" haqida fikringiz?

"Bunyodkor" birinchi davrada 13 ta o‘yinda bitta g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi davrada 3 marotaba bu ishni uddaladi. Bu jamoani o‘yinni tashkil etishda o‘sish borligini anglatadi. Qo‘shimchasiga, qarshi hujumlarda ham qo‘shgani sezilmoqda. Mahoratli o‘yinchisi borligi ularni hujim chizig‘idagi ishlarini yengilashtirmoqda.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 03:38, 29.09.2024.
O'qildi: 1647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.