Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone "Real"ga qarshi (1:1) derbidagi tartibsizliklardan so‘ng muxlislarga murojaat qildi.
"Men ularga klub, jamoa manfaati haqida o‘ylashlarini aytdim. Ular bizga bu xatti-harakat bilan yordam berishmaydi. Ular raqib darvozaboni tomonidan provokasiya bo‘lganini aytishdi, ammo bu bahona bo‘lmasligi kerak", dedi "Atletiko" bosh murabbiyi o‘yindan keyingi jurnalistlar bilan suhbatda.