Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

FIFA transfer oynasini 1 iyundan 10 iyungacha ochilishini tasdiqladi

FIFA transfer oynasini 1 iyundan 10 iyungacha ochilishini tasdiqladi

Baho:
+ | -

FIFA jahon chempionati munosabati bilan qo‘shimcha transfer oynasi ochilishini tasdiqladi.

FIFA kengashining bugungi yig‘ilishida texnik muammolarni hal etish hamda ro‘yxatdan o‘tish muddatlari va ichki chempionatlar taqvimi bilan bog‘liq nomuvofiqliklarni imkon qadar bartaraf etishga qaratilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati reglamentini tasdiqladi.

2025 yilgi jahon chempionatida ishtirok etuvchi klublar uchun 1 iyundan 10 iyungacha transfer oynasi paydo bo‘ladi. Transfer oynasini ochish to‘g‘risidagi qaror FIFAga a’zo assosiasiyalar tomonidan qabul qilinadi.

Jamoalar ariza topshirish muddati tugagandan so‘ng, JCHda ishtirok etuvchi klublar 27 iyundan 3 iyulga qadar belgilangan limit doirasida futbolchilarni almashtirishlari mumkin bo‘ladi, chunki ba’zi futbolchilarning shartnomalari 30 iyunda tugaydi. Biroq, agar o‘sha paytda klub uchun "standart" transfer oynasi ochiq bo‘lsa, almashtirishlar mumkin.

Qayd etilishicha, joriy etilgan qoidalardan ko‘zlangan maqsad klublar va shartnomasi muddati tugaydigan futbolchilarni klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida futbolchilarning ishtirok etishini osonlashtirish uchun munosib yechim topishga undashdan iborat.

“2025 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati butun dunyo bo‘ylab klub futbolining yangi davrini boshlab beradi, eng yaxshi jamoalar FIFAga a’zo klublar o‘rtasida rasmiy jahon chempioni bo‘lish uchun kurashadi. Ushbu qoidalar barcha 32 ishtirokchi klub va dunyoning eng yaxshi futbolchilari yuqori saviyada o‘ynashlari uchun eng yaxshi sharoitlarni ta’minlaydi”, — dedi FIFA prezidenti Janni Infantino.

Kiritildi: 21:53, 03.10.2024.
O'qildi: 2128 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.