"Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohning kelajagi noma’lumligicha qolmoqda. Gap shundaki, misrlikning amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan va yulduz futbolchining shartnomani uzaytirishi hali aniq emas.
Transfer News Live nashrining xabar berishicha, 32 yoshli forvard uchun kurashda "PSJ" yetakchilik qilmoqda. Liga 1 grandi Muhammadni uch mavsumlik shartnoma bilan jalb qilmoqchi.
Avvalroq matbuotda Muhammad Salohning Saudiya Arabistoni klublaridan biriga o‘tishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.