Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino - Yuventus

"Vulverxempton" sardori: "Agar muammo Gari O'Nilda desangiz siz yolg‘onchi yoki firibgar bo‘lasiz"

"Vulverxempton" sardori: "Agar muammo Gari O'Nilda desangiz siz yolg‘onchi yoki firibgar bo‘lasiz"

Baho:
+ | -

"Vulverxempton" bu mavsumni dahshatli boshladi: yetti turdan keyin klub o‘z hisobiga bor-yo‘g‘i bir ochko yozdirib qo‘ydi va oxirgi o‘rinda bormoqda. "Bo‘rilar" bosh murabbiyi Gari O'Nil jiddiy bosim ostida va mutaxassisning ishdan bo‘shatilishi haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. "Vulverxempton" sardori Mario Lemina o‘z murabbiyini himoya qildi va jamoaning o‘yini borasidagi tanqidlarga javob qaytardi.

"Bizning o‘yinimiz, hozir qanday himoyalansak, bizni quyi ligaga tushib ketishiga olib keladi va biz hozir bu haqda halol bo‘lishimiz kerak. Yo‘q, Gari muammo emas. U juda yaxshi ishlayapti. Agar muammo Gari O'Nilda desangiz unda siz yolg‘onchi va firibgarsiz, chunki u bizga oldin bo‘lmagan ko‘p narsalarni berdi, endi esa biz unga bu imkoniyatni qaytarishimiz kerak, chunki hozirda bizda bunday imkoniyat yo‘q. O‘ylaymanki, muxlislar ham uni juda yaxshi ko‘rishadi. Rejaga sodiq bo‘lsak, bizda bor-yo‘g‘i bitta ochko bor, bu juda yomon, ammo ishonchim komilki, xalqaro tanaffusdan so‘ng biz bundan qaytishimiz mumkin, ammo biz o‘zimizga ishonishimiz kerak" - dedi Mario Lemina BBCga bergan intervyusida.

Yana shuni qo‘shimcha qilmoqchimizki, "Vulverxempton" navbatdagi o‘yinini 20 oktyabr kuni o‘z maydonida "Manchester Siti"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 17:07, 07.10.2024.
O'qildi: 672 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик