Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Eldor Shomurodov: «Bugun 2 ochko yo‘qotdik, lekin bu katta yo‘qotish deb o‘ylamayman»

Eldor Shomurodov: «Bugun 2 ochko yo‘qotdik, lekin bu katta yo‘qotish deb o‘ylamayman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich va jamoamiz sardori Eldor Shomurodov Eronga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vlado Radmanovich:
— Bugungi o‘yin haqida
Ushbu o‘yin qiyin bo‘lishini kutgandik, chunki raqibimiz ham Osiyoda o‘z o‘rniga ega jamoalardan. Bugun bizda yaxshi imkoniyatlar ham bo‘ldi. Bugungi o‘yinga tashrif buyurgan muxlislar va OAVga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Biz o‘yindan o‘yinga kuchayib borishni maqsad qilganmiz. Oldimizda yanada jiddiy o‘yinlar bizni kutib turibdi. Navbatdagi o‘yinimiz BAAga qarshi bo‘lib o‘tadi va muxlislarimizdan bizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab qolamiz.

Hakamlik haqida
— Bu mavzuda gapirishni istamayman. Chunki murabbiylar uchun hakamlar haqida gapirish noto‘g‘ri deb hisoblayman.

Jismoniy holat haqida
— Terma jamoada bu yo‘nalishda futbolchilar bilan ishlash uchun yetarlicha vaqt bo‘lmaydi, bu barcha terma jamoalarda uchrab turadigan muammo. Chunki biz ularni o‘yinga tayyorlashga 3 kun vaqtimiz bor edi. Biz asosan taktik va o‘yin qurish ustida ishlaymiz.

Oston dastlab o‘yinga tayyorligini aytgandi, biroq oxirgi mashg‘ulotdan keyin u og‘riq his qildi. Shu sababli bu darajadagi o‘yinda biz tavakkal qila olmasdik.

Eldor Shomurodov:
— Bugungi o‘yin haqida
Yomon o‘ynamadik, deb o‘ylayman. Bugun 2 ochko yo‘qotdik, lekin bu katta yo‘qotish deb o‘ylamayman. Albatta har bir ochkoning qadri biz uchun muhim. Bizning asosiy maqsadimiz JCHga chiqish. Keyingi o‘yinda g‘alaba qozonib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

Raqib haqida
— Eronga qarshi o‘yin hech qachon oson bo‘lmaydi. 0:0 hisobida o‘ynab juda yomon natija ko‘rsatdik, deb o‘ylamayman. Har doimgidek, kuchli raqibga qarshi munosib kurash olib bordik.

Qizil kartochka haqida
— Birinchi navbatda, g‘alaba qozonishimiz uchun yaxshi imkoniyatimiz bor edi. Lekin aytganimdek, bugungi 1 ochko ham yomon natija emas. Keyingi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak, hozir natijadan xafa bo‘lib o‘tirishga vaqtimiz yo‘q.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:17, 10.10.2024.
O'qildi: 4422 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.