Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona

Trent uchun kurashga "Bavariya" va "Barselona" ham qo‘shildi

Trent uchun kurashga "Bavariya" va "Barselona" ham qo‘shildi

Baho:
+ | -

Ispaniyaning "Real Madrid" klubi "Liverpul"ning o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold uchun yagona jiddiy da’vogar emas.

The Athletic xabariga ko‘ra, "Real Madrid" Aleksandr-Arnoldni o‘zining asosiy transfer maqsadi deb belgilagan va mavsum oxirida Trentni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Shu bilan birga, Ispaniyaning Marca gazetasining ta’kidlashicha, "Liverpul" Aleksandr-Arnoldni yangi shartnomaga ko‘ndirish uchun deyarli umidsiz va Trentsiz hayotga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rmoqda.

TalkSPORT xabariga ko‘ra, "Barselona" va "Bavariya" ham Aleksandr-Arnold uchun rejalarga ega, shuning uchun 26 yoshli angliyalik futbolchini "Real" raqobatsiz o‘z safiga qo‘sha olmaydi.

Ro‘yxatda sanab o‘tilgan uchala Yevropa gigantining barchasi yanvar oyidan boshlab Aleksandr-Arnold bilan erkin muzokaralar olib borishi mumkin bo‘ladi, agar Trent o‘sha vaqtgacha "Liverpul" bilan muddati tugaydigan shartnomasini uzaytirmasa.

 

Kiritildi: 10:01, 18.10.2024.
O'qildi: 3071 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик