Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Ilyos Zeytullayev: «Menga hozir terma jamoamizning o‘yini juda ham yoqmoqda»

Ilyos Zeytullayev: «Menga hozir terma jamoamizning o‘yini juda ham yoqmoqda»

Baho:
+ | -

Superligada 21-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Bunyodkor" jamoasi bu tur "Lokomotiv" mehmoni bo‘ldi va 10 yillik tanaffusdan so‘ng "temiryo‘lchilar" maydonida g‘alabaga erishdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Ilyos Zeytullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— "Lokomotiv"ga og‘ir vaziyatdan chiqib ketishini tilab qolamiz. 6 ochkolik o‘yin ekanligini bilar edik. Yigitlarga bugungi mehnat va ishtiyoq uchun tashakkur bildiraman. G‘alabamizni jamoamiz uqalovchisiga bag‘ishlaymiz.

— Ikki xil taym ko‘rdik. Buning sababi nima?
— Fikringizga qo‘shilaman. Ular birinchi taymda yaxshiroq ko‘rindi va haqli ravishda oldinda bordi. Ikkinchi taymda biz ruhan yaxshiroq tayyorgarlik bilan chiqdik. Tanaffusda, yigitlardan o‘yinni tortib chiqishini iltimos qildik va oxirigacha ishondik. Barcha futbolchilarimizga tashakkur. Og‘ir paytda bizni qo‘llab-quvvatlagan rahbariyatga ham minnatdorchilik bildiraman.

— Siz Italiya futboli murabbiylari orasida kimdan o‘rnak olishni istaysiz?
— Futbolchilik davrimda murabbiylarga e’tibor qaratmagan edim. "Yuventus"dagi davrimda Anchelotti va Lippi bilan ishlaganman, biroq karyeramning katta qismi hozir Atalantada ishlayotgan Gasperini bilan bog‘liq. Kimgadir o‘xshashni istamayman. Barcha murabbiylardan nimadir olib, o‘z uslubimni takommilashtirishni istayman.

— Sobiq o‘yinchi sifatida, O‘zbekiston terma jamoasining JCH saralashidagi ishtiroki haqida fikringiz?

— Eron bilan o‘yinga tirbandliklar sababli yetib bora olmadim. BAAga qarshi bahsni ko‘rdim. Men natija uchun xursandman. Birgalikda himoyalanishmoqda. Shoshilmay, kerakli pallada hujum uyushtirishmoqda. Menga hozir terma jamoamizning o‘yini juda ham yoqmoqda. O‘zbekistonga yurakdan muxlislik qilaman. Yigitlarga ishonaman.

— Chempionlik poygasida "Nasaf" asosiy favoritmi?
— Aynan shu sababli chempionat o‘yinlari qiziq bo‘ladi. Menimcha, sovrinli o‘rinlar va elitada jon saqlab qolish uchun oxirigacha jang boladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 00:16, 20.10.2024.
O'qildi: 2412 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.