Serra-Leone sport vaziri Avgusta Jeyms-Tema Rossiya terma jamoasiga qarshi ehtimoliy o‘rtoqlik o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Biz Rossiyaga uchishga tayyormiz, hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanamiz, jamoamiz jismonan tayyor.
Biz doimo oldimizga keladigan imkoniyatlardan xursandmiz. Men aniq javob beraman - biz tayyormiz", - deya vazirning so‘zlarini keltiradi "Sport-Ekspress".