Madridning "Real" klubi qanot himoyachisi Dani Karvaxal tizzasidan jiddiy jarohat olib uzoq vaqtga safdan chiqqan edi.
Xabarlarga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi allaqachon tiklanish jarayonini boshlagan. U kecha Madriddagi klub bazasiga tashrif buyurib, "Borussiya D"ga qarshi o‘yin oldidan sheriklariga omad tiladi.
Chempionlar ligasi o‘yini 22 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:59'da start oladi.