Bugungi kun doirasida 60 kg vazn toifasida yunon-rim kurashi bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Alisher G‘aniyev o‘zining final jangini o‘tkazdi.
Hamyurtimizga neytral maqomdagi Dinislam Bammatov raqiblik qildi.
Quvonarlisi, jangda 8:4 hisobida Alisher G‘aniyev g‘alaba qozondi va U-23 yosh toifasida Jahon chempioniga aylandi.