Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

“Bosh prokuror” kubogida polvonlar saralandi

“Bosh prokuror” kubogida polvonlar saralandi

Baho:
+ | -
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” o‘yinlari hamda turli tanlovlar o‘tkazilishi chekka va olis hududlargacha iqtidor sohiblarini kashf etilishiga xizmat qilmoqda.

Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida milliy kurash bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Bosh prokuror kubogi” musobaqasida 30 mingdan ortiq nomzodlar orasida saralangan 18 yoshdan 30 yoshgacha 136 nafar o‘g‘il-qiz to‘qqizta vazn toifasida g‘oliblik uchun gilamga chiqdi.  

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida qatnashgan Namangan viloyati prokurori, adliya katta maslahatchisi Umrbek Madrahimov bunday turnirlar yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xususan, milliy g‘ururimiz bo‘lgan kurashning ommaviyligini oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.  

Ikki kun davom etgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, qizlar orasida 48 kilogramm vaznda Davlatobod tumanidan Xosiyat Hasanboyeva, 57 kilogramm vaznda Uychi tumanidan Mushtariybegim Qosimova, 70 kilogramm vaznda Kosonsoy tumanidan Aziza Rahimjonova, 87 kilogramm vaznda davlatobodlik Zulfiya O‘rozboyeva barcha raqiblaridan ustun kelib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

O‘smirlar ishtirokidagi bahslarda esa 66 kilogramm vaznda Pop tumanidan Mardon Tursunaliyev, 73 kilogramm vaznda poplik Shohruh Soyiboyev, 81 kilogramm vaznda Chortoq tumanidan Shohruh Mamajonov, 90 kilogramm vaznda Namangan tumanidan Zokirjon Jamoliddinov, 90 kilogrammdan og‘ir vaznlilar toifasida Chust tumanidan Muhammadali To‘xtanazarov g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.  

Respublika Sport vazirligi, O‘zbekiston Bosh prokuraturasining diplom, qimmatbaho sovg‘alariga sazovor bo‘lgan barcha g‘olib sportchilar shu yil 14-16 noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bosh prokuror kubogi”ning hal qiluvchi final bosqichida Namangan viloyati sharafini himoya qiladi.

Kiritildi: 23:54, 25.10.2024.
O'qildi: 655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.