Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Arsenal" "Palmeyras"ning taklifiga rad javob berdi

"Arsenal" "Palmeyras"ning taklifiga rad javob berdi

Baho:
+ | -

Gabriel Jezus bu mavsumda Mikel Artetaning asosiy futbolchisi emas. Hujumchi asosan zaxira o‘rindig‘idan maydonga tushadi, ammo u hozircha optimal formada emas. Biroq yozda 27 yoshli futbolchining karyerasi o‘zgarishi mumkin edi, chunki "Palmeyras" uni sotib olmoqchi. Braziliya klubi kelasi yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan o‘z tarkibini kuchaytirish uchun Jezus bilan shartnoma imzolashni ko‘rib chiqayotgan edi. Biroq, bu taklif "Arsenal" tomonidan rad etildi.

"Gabriel Jezus kelmayapti. Biz "Arsenal" bilan bog‘landik va ular: "Leyla, hech qanday sharoit yo‘q. Biz futbolchi borasida muzokaralar olib bormoqchi emasmiz. Mavzu yopiq", deyishdi" - dedi klub prezidenti Leyla Pereyra ESPN telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Gabriel Jezus "Palmeyras" yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, u 2017 yilning yanvarida "Manchester Siti"ga qo‘shilishdan oldin ikki yil o‘ynagan. Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi joriy mavsumda 11 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 13:19, 29.10.2024.
O'qildi: 2219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик