"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa "Tottenxem"ga mag‘lub bo‘lganida nima uchun Erling Xolandni maydonga tushirmaganini tushuntirdi.
"Bu juda oddiy: rejaga ko‘ra Erling bugun maydonga tushmaydi. U avvalroq maydonda ko‘p vaqt o‘tkazgan va biz bu hafta tiklanish imkoniyatiga ega bo‘lmasligimizni bilardik. Men uning kuch sarflashini xohlamadim", - deydi Gvardiola.