Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Fonseka: "Har bir o‘yin men uchun katta ahamiyatga ega"

Fonseka: "Har bir o‘yin men uchun katta ahamiyatga ega"

Baho:
+ | -

"Milan" bosh murabbiyi Paulo Fonseka "Monsa"ga qarshi o‘yin (1:0) natijalarini sarhisob qildi.

"Rossonerilar"ning mehmondagi g‘alabasi 43-daqiqada Tijani Reyndersning goli orqali qo‘lga kiritildi.

"Har bir o‘yin men uchun katta ahamiyatga ega va "Real" bilan bo‘lajak o‘yinni bugungi o‘yindan muhimroq deb o‘ylamayman.

Biz g‘alaba qozonishimiz kerak edi, lekin bu yerda o‘ynash har doim qiyin. "Milan" o‘tgan mavsumda ushbu stadionda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, bugun biz g‘alaba qozona oldik va yaxshi o‘ynadik.

Birinchi bo‘limda xavotirda edim, chunki jamoa yetarlicha tajovuzkor bo‘lmagan va tez-tez yakkama-yakka kurashlarda mag‘lub bo‘lgan, ammo ikkinchi bo‘limda "Monsa" uchun hech qanday imkoniyat qolmadi.

Tanaffusda biz o‘yinga tuzatishlar kiritdik, shundan so‘ng o‘yin sezilarli darajada o‘zgardi", - deya Fonsekaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia.

Kiritildi: 17:16, 03.11.2024.
O'qildi: 560 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.