Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

«Marca» nashri «Real»ning joriy mavsumdagi inqiroziga sabab bo‘lgan qator muammolarni sanab o‘tdi

«Marca» nashri «Real»ning joriy mavsumdagi inqiroziga sabab bo‘lgan qator muammolarni sanab o‘tdi

Baho:
+ | -

Ispaniyaning "Marca" nashri Madridning “Real” klubidagi qator muammolarni sanab o‘tdi.

Madridliklar joriy mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi. Qaymoqranglilar chempionat boshida “Malyorka”, “Las-Palmas” va “Atletiko” klublari bilan durang o‘ynadi, “Barselona”ga esa mag‘lub bo‘ldi. Chempionlar Ligasida ham “Lill” va “Milan”ga imkoniyatni boy berdi.

— Markazlashgan tizimning yo‘qligi;

Agar o‘tgan mavsumda ko‘p hollarda maydon markazida “romb” sxemasi qo‘llanilgan bo‘lsa, joriy mavsumda aniq ifodalangan sxema bo‘lmagan holda kamida to‘rtta turli uslub ishlatildi.

— Toni Kroosning ketishi;

— Jud Bellingemning samaradorligi tushib ketishi;

Xabar qilinishicha, Jud nafaqat kamroq gol urish va samarali uzatmalar berishni, balki umuman o‘yinni keskinlashtirish qobiliyatini ham pasaytirgan.

— Kilian Mbappening markaziy hujumchi roli yetarlicha samara bermayapti;

Tahlillarga ko‘ra, Kilian o‘yin vaqtida ko‘proq chap qanotga o‘tadi va Vinisiusning pozisiyasini takrorlaydi.

— Raqib darvozasi oldidagi imkoniyatlardan samarali foydalanmaslik;
— Himoya o‘yini yomonlashishi;
— Himoyachilar soni yetarli emasligi;
— Birorta o‘yinchi o‘zining eng yuqori jismoniy holatida emasligi;
— Endrik va Gyuler asosiy tarkibdagi o‘yinchilarga yetarli raqobat ko‘rsata olmayotgani;
— Standart vaziyatlarda ham o‘z darvozasi, ham raqib darvozasi oldidagi sust o‘yin.

Hozirda rahbariyat Anchelottining iste’fosi haqida o‘ylamayapti. Murabbiy hammasini yana iziga qaytarishi va natijalar yaxshilanishiga umid qilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:55, 07.11.2024.
O'qildi: 2500 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик