«Nottingem Forest» jamoasi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu Angliya Premyer-ligasining oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda liga rasmiy sayti xabar berdi.
«O‘rmonchilar» o‘tgan oydagi 3 ta o‘yinda 2 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etishdi - «Chelsi» bilan (1:1) durang, «Kristal Pelas» (1:0) va «Lester» ustidan (3:1) g‘alaba.