Kirish Ro'yxatdan o'tish

Italiya matbuoti Kvarasxeliyani "Inter"ga qarshi o‘yin uchun maqtadi

Italiya matbuoti Kvarasxeliyani "Inter"ga qarshi o‘yin uchun maqtadi

Baho:
+ | -

10 noyabr, yakshanba kuni “Napoli” A Seriyaning 12-turida “Inter” bilan mehmonda durang o‘ynadi (1:1) va turnir jadvalida birinchi o‘rinni saqlab qoldi.

Janubliklar yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya o‘yinni to‘liq o‘tkazdi va neapolliklar gruziyalikning burchak to‘pidan so‘ng gol urishdi.

La Gazzetta dello Sport nashri yarim himoyachiga 6,5 ​​ball Corriere dello Sport va Tuttosport 6,0 balldan baho berdi. OAV Xvichaning Milandagi "San-Siro" stadionidagi o‘yinini shunday izohladi.

"Ikki bo‘limda gruziyalik futbolchi "Inter"ga jiddiy zarar yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi, biroq unga biroz omad kulib boqmadi. Har holda, Kvara doimo raqibini o‘zini eslashga majbur qildi", deyiladi xabarlarda.

“Napoli” A Seriyaning navbatdagi o‘yinini 24 noyabr kuni o‘z maydonida “Roma”ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 17:13, 11.11.2024.
O'qildi: 564 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик