«Barselona» markaziy himoyachisi Andreas Kristensen safga qaytishga yaqinlashmoqda, deya xabar berdi «Sport» nashri.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli daniyalik ikki hafta ichida guruh mashg‘ulotlariga kirishadi. Uning maydonga qaytishi dekabr oyiga rejalashtirilgan.
Futbolchi bu mavsum La Liganing 1 ta o‘yinida zaxiradan maydonga tushdi va 26 daqiqa o‘ynadi.