Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni "Atletiko" hujumchisi Juliano Simeoneni terma jamoaga chaqirdi.
Simeone 20 noyabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Peruga qarshi o‘yinda jarohat olgan Nauel Molina o‘rniga qaydnomaga kiritiladi.
Bu mavsumda Juliano "Atletiko" safida 12 ta o‘yinda 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.