"Barselona" vingeri Lamin Yamal jarohatidan davolanishda davom etmoqda.
Xavi Migel xabariga ko‘ra, 17 yoshli futbolchi 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Selta"ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, 20-25 daqiqa harakat qilishi mumkin.
U jarohat sabab "Real Sosyedad"ga qarshi (0:1) o‘yinni o‘tkazib yuborgandi.