Jonatan Devid "Barselona"da o‘ynashni xohlaydi.
"Men har doim u yerda o‘ynashni orzu qilganman. Qaysidir jamoani qo‘llab-quvvatlab ulg‘aysang, orzung ular safida o‘ynash bo‘ladi", - dedi “Lill” hujumchisi.
Kanada terma jamoasi futbolchisining fransuz klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Devid joriy mavsumda Liga 1da 11 ta o‘yinda 7 ta gol urdi.