Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

MMA. Ankalayevning keyingi raqibi Aleks Pereyra bo‘ladi

MMA. Ankalayevning keyingi raqibi Aleks Pereyra bo‘ladi

Baho:
+ | -
Yarimog‘ir vazn toifasida UFC reytingining birinchi pog‘onasini egallab turgan rossiyalik Magomed Ankalayev chempionlik kamari uchun jang qilishini e’lon qildi.

"Dana Uayt jamoamga Aleksning keyingi raqibi men bo‘lishimni aytdi. Buni hal qilganingiz uchun rahmat", deb yozdi Ankalayev X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

UFC 308 turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Ankalayev diviziondagi to‘rtinchi raqamli sportchi, avstriyalik Aleksandr Rakichni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etgandi. Pereyra esa UFC 307 turnirining markaziy jangi to‘rtinchi raundida amerikalik Xalil Rauntrini texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratgan.

Kiritildi: 23:47, 18.11.2024.
O'qildi: 1213 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик