Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Anvar G‘ofurov: «Chempionlik nasib qilmagan ekan, nima derdik...»

Anvar G‘ofurov: «Chempionlik nasib qilmagan ekan, nima derdik...»

Baho:
+ | -

Doimgidek, o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan «Neft­chi» bu yil ham muxlislar kutgan natijani qayd etolmadi.

Har holda, farg‘onaliklar jamoadan faqat va faqat chempionlik kutishgandi. Biroq Vitaliy Levchenko shogirdlari Superligada toj uchun kurashdan ancha erta chiqib ketishdi, qolaversa, kubok turnirida ham ko‘zlangan manzilga yetib borisholmadi. 24-turdan o‘rin olgan «Sur­xon»ga qarshi safar o‘yini arafasida «Neftchi» yetakchilaridan biri Anvar G‘ofurov bilan bog‘lanib, ayrim savollarimizga javob oldik. Alohida aytish kerak, tajribali himoyachi oxirgi 3ta turda 1tadan gol urib, jamoasining ijobiy natijaga erishishiga katta hissa qo‘shdi.

- Avvalo, oxirgi turlardagi mahsuldorligingizga to‘xtalsak, xususan, «Bunyodkor»ga qarshi kechgan o‘yinda ham gol urib, qiyin g‘alabani ta’minladingiz... 

- Yaxshi bilasiz, «Bunyodkor» Superligada «jon» saqlab qolish uchun kurashmoqda. Demoqchimanki, «qaldirg‘ochlar» har bir o‘yinda raqiblarga jiddiy kurash taqdim etishyapti. Mana, biz ham o‘yin­da ma’lum qiyinchiliklarga duch keldik. Ayniqsa, birinchi bo‘limda o‘yinimiz uncha qovushmadi. Tanaffusda yigitlar bilan barchasini gaplashib oldik. Shu tariqa ikkinchi bo‘limda faollikni oshirib, yakunda g‘alaba qozondik. Golga kelsak, nimadir deyishim ortiqcha, shunchaki, jamoam g‘alabasiga hissa qo‘shganimdan xursandman.

- Superligada ketma-ket 3ta o‘yinda gol urdingiz. Himoyachining bunday seriyasi uncha-muncha hujumchilarda ham havas uyg‘otishi turgan gap... 

- To‘g‘risi, oldin ham ko‘p gol urardim. Ayniqsa, «Surxon»da o‘ynaganimda, yetarlicha gol to‘plaganman. Ammo oxirgi payt­lar negadir bu borada ishlarim yurishmay qolgandi. Bu borada hatto jamoadoshlarim hazil qila boshlagandilar. Ularga javoban qaysidir o‘yin­da «pochin» ochib olsam, qolganini ko‘rishlarini aytgandim. Shukr, barchasi shunday bo‘lib chiqdi.

- Mavsum avvalida o‘z oldiga katta vazifalarni qo‘ygan «Neftchi» amalda chempionlik uchun jiddiy kurash olib borolmadi. Buni qanday izohlaysiz?

- Ha, chindan ham, mavsum boshida rahbariyat oldimizga oltin medal yutish missiya­sini qo‘ygandi. Buning uchun jamoamizda imkoniyat ham, salohiyat ham yetarli edi. Ammo ayrim uchrashuvlarda omad ochiqchasiga yuz o‘girdi, oqibatda ruhiy bosim ostida qolib, o‘z darajamizda to‘p surolmadik. O‘zi hozir Superligada hech bir jamoaga oson bo‘lmayotganini inobatga olish kerak. Ehtimol, bizga ozgina e’tibor va qo‘llab-quvvatlash yetishmagandir. Barchasi murabbiylar va futbolchilarning o‘zlariga tashlab qo‘yilgan. Agar jamoaga e’tibor biroz yaxshilansa, bu yigitlarga kuchli motivasiya bag‘ishlardi.

- OAVda jamoaning moliyaviy muammolari haqida xabarlar tarqalmoqda. Aytingchi, «Neftchi»da hozirgi vaziyat haqiqatan ham og‘irmi?

- Bu savolni jamoa rahbarlariga yo‘naltirishingiz kerak. O‘ylashimcha, mavjud holat yuzasidan faqat ular to‘liq axborot bera olishadi.

- Umuman, shonli tarixga ega jamoa libosini ki­yish shaxsan siz uchun nimalarni anglatadi? Har holda, «Neftchi»ning oltin davrini yaxshi eslaydigan avlod vakili hisoblanasiz.

- Albatta, «Neftchi» o‘zbek futbolida gegemoniya o‘rnatgan yillarni yaxshi eslayman. Jamoada Anvar aka Berdiyev va Akmal Xolmatov kabi kuchli ijrochilar to‘p surishardi. Klub nafaqat ichki musobaqalar, balki xalqaro darajada ham o‘z so‘zini aytardi. Ochig‘i, aynan «Neftchi» yetakchilariga havas qilib, futbolga bosh suqqanmiz. Vaqtida otam ham futbolchi bo‘lishni maqsad qilgan, ammo bu orzulari amalga oshmay qolgan ekan. Shuning uchunmi, meni millionlar o‘yiniga yo‘naltirib, yaxshigina qo‘llab-quvvatlab keldilar. Shukr, «Neftchi»dek shonli jamoa e’tiboriga tushdim. Tabiiyki, bunday jamoa formasida maydonga tushish - faxr!

- Qizig‘i, milliy kubok Superliga turnir jadvalining ikkinchi qismida borayotgan «Andijon»ga nasib etdi. Rostini ayting, «burgutlar»ning «Istiq­lol»dagi parvozlarini kuzata turib, xayolingizdan «Nega endi biz emasmiz?» qabilida fikr o‘tdimi?

- O‘sha payt nimalarni o‘ylaganim  o‘zim va Yaratganga ayon. Albatta, «Neftchi»ning barcha a’zolari kubokda ham, chempionatda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritishni astoydil xohlashgandi. Buning uchun bor kuchimiz bilan harakat qildik, ammo nasib emas ekan, yana nima ham derdik... 

Xurshid YUSUPOV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:24, 19.11.2024.
O'qildi: 1833 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.