"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Pep Gvardiolaning klubdagi vaziyati haqida fikrini bildirdi.
"Umid qilamanki, Pep (Gvardiola) "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolaydi. Birinchi ikki yarim yil ichida u men uchun muhim edi. Umid qilamanki, u uzoqroq qoladi. Men Pepni juda yaxshi ko‘raman va umid qilamanki, u ham meni yaxshi ko‘radi...", - dedi norvegiyalik goleador hujumchi.