"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Bundesliganing 11-turida "Augsburg"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bir kun avval darvozabon mashg‘ulotlarni erta yakunladi.
"Umid qilamizki, hammasi joyida va u ertaga o‘ynay oladi. Ammo bugungi mashg‘ulotlar qanday o‘tishini kutishimiz kerak.
Manu ertaga maydonga tusha oladi deb taxmin qilamiz. Ammo agar u buni uddalay olmasa, bu Daniel Perets bo‘ladi. U milliy termadagi so‘nggi ikki o‘yinida juda yaxshi o‘ynadi. Sven Ulrayx shaxsiy sabablarga ko‘ra maydonga tusha olmaydi, boshqa hech narsa deya olmayman", - dedi bosh murabbiy Vensan Kompani matbuot anjumanida.