So‘nggi kunlarda matbuotda hujumchi Endrikning «Real»dan ketishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Braziliyalik futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun ijaraga berilishi mumkin.
TodoFichajes portalining o‘z sahifalarida xabar berishicha, Endrikka qiziqish bildirayotgan klublar ro‘yxatida «Roma» ham bor.
Rimliklar «Real Madrid»ni 18 yoshli braziliyalik futbolchini 2024/2025 yilgi mavsumning ikkinchi qismi uchun ijaraga olishga ko‘ndirmoqchi.