Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Ronaldu yana gol urdi va rekordlar o‘rnatishda davom etmoqda

Ronaldu yana gol urdi va rekordlar o‘rnatishda davom etmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Saudiya Arabistonining  “An-Nassr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 30 yoshga to‘lganidan keyin 450 ta gol urdi. Hujumchi Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi “Al-Garafa”ga (3:1) qarshi o‘yinda dubl qayd etib, bu ko‘rsatkichga erishdi.

Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinlarda 913 ta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘ldi. Ronaldu “Sporting” uchun 5 ta, “Manchester Yunayted” safida 145 ta, “Real” bilan 450 ta, “Yuventus” safida 101 ta, “An-Nassr”da 78 ta va milliy terma jamoa safida 134 ta gol urgan. Hujumchi milliy terma jamoalar, Yevropa chempionati, Chempionlar Ligasi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Joriy mavsumda Ronaldu klub safida barcha musobaqalarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi klubi bilan mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt internet portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 39 yoshli futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:48, 26.11.2024.
O'qildi: 1095 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.