Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Ilyos Qurbonov: "Bugun haqli g‘alabaga erishdik, deb hisoblayman"

Ilyos Qurbonov: "Bugun haqli g‘alabaga erishdik, deb hisoblayman"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 26-turida "Nasaf" - "Metallurg" (1:2) bahsi bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining birinchi qismida "Metallurg" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ilyos Qurbonov ishtirok etdi.

— Assalomu alaykum. "Nasaf" qanchalik kuchli jamoa ekanligini, qanday futbol o‘ynashini bilardik. Yaxshi shakllangan jamoa, tarkibda sifatli ijrochilar ko‘p. Ular o‘z-o‘zidan chempion bo‘lib qolgani yo‘q. Bu o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rdik. Mazkur bellashuvga tayyorgarlik uchun bizda 3 hafta vaqtimiz bor edi va yaxshi tahlil qildik. Ko‘pgina vaziyatlarga ega bo‘ldik, ulardan vaqtliroq foydalanish ham kerak edi. Aytib o‘tganimdek, har bir uchrashuv biz uchun final edi. Biz bugun g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatdik. Natija adolatli bo‘ldi, deb o‘ylayman. Jamoadagi hammaga rahmat. Oldinda hali yana o‘yinlar bor…

— O‘z vaqtida siz ham "Nasaf"da to‘p tepgansiz. O‘sha vaqtdagi jamoa bilan hozirgisini haqida nima deya olasiz?

- "Nasaf" doim kuchli jamoa bo‘lgan. O‘sha vaqtlar ham kuchli edi: Vali Keldiyev, Ro‘ziqul Berdiyev, Zafar Xolmurodov, Botir Qorayev kabi kuchli futbolchilar bo‘lardi. Ikkinchi-uchinchi o‘rinni olib yurardik doim, chempionlik uchun doim bir oz yetmay qolardi. Oldingi futbol boshqa narsalarni talab qilardi, zamonaviy futbol boshqacharoq. Balki oldingi "Nasaf" ijrochilari kuchliroqmikin, deb o‘ylayman.

— Bugun "Metallurg" g‘alaba qozondi. Sizning jamoangiz "Nasaf"dan jismoniy jihatdan kuchliroqmidi yoki ishtiyoq borasida?

- Biz jismoniy tarafdan ham tayyor edik. Buni oldingi bellashuvlar ham ko‘rsatdi. "Nasaf" ham jismonan kuchli. Shunchaki, bugungi o‘yindan oldin “Nasaf” Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida o‘yinda maydonga tushishdi. Futbolchilarda bor yo‘g‘i ikki kun dam olish imkoniyati bo‘ldi. Inson organizmini aldab bo‘lmaydi. Bolalarga o‘yindan avval ham ta’kidlagandim. 45 daqiqa chidab bersak, ikkinchi bo‘limda "Nasaf"da charchoq alomatlari sezilishini bilgandik. Shuning uchun, yigitlarga birinchi bo‘limdan keyin yanada faolroq tarzda oldinga borishni tayinlagandik.

Birinchi davrada ko‘p yo‘qotishlar bo‘ldi. Balki bunga jismoniy tayyorgarlik sabab bo‘lgandir. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, ikkinchi davrada jamoamiz birinchi davraga qaraganda 60%ga o‘zgardi. Hozirgi asosiy maqsad ligada jon saqlash.

— Ayni paytda “Nasaf”ning qaysi chizig‘ini kuchli deb hisoblaysiz?

— Hozirgi "Nasaf"ning yarim himoya va hujum chizig‘ini kuchliroq deb bilaman. Nazarimda, himoyada muammolar bor.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:31, 01.12.2024.
O'qildi: 784 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.