Emilio Butragenyo "Real Madrid"ning haddan tashqari tig‘iz taqvimi haqida gapirdi.
Madrid klubi direktori yanvar oyida "Deportivo Minera"ga qarshi Ispaniya kubogi 1/8 final o‘yini haqida gapirdi.
“Taqvim futbolchilar uchun juda qiyin. Buni aytishga majburmiz, chunki 11 oy davomida chorshanba va yakshanba kunlari jarohatlar bilan muammosiz o‘ynash juda qiyin. Ammo biz bunga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.
Biz bu o‘yin uchun bor kuchimizni ishga solishga harakat qilamiz, Mursiyada muxlislarimiz ko‘p va biz ularga quvonch baxsh etmoqchimiz”, - dedi “Real Madrid” direktori Emilio Butragenyo.