Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ana xolos! Bir kunda uch murabbiy...

Ana xolos! Bir kunda uch murabbiy...

Baho:
+ | -

2001 kuzida Italiya terma jamoasi (Evropa vise-chempioni) Pyachensa shahrida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgandi.

O‘shanda Jovanni Trapattoni jamoasi hozir Verona meri lavozimida ishlayotgan Damiano Tommazining yagona goli evaziga Marokash terma jamoasi ustidan g‘alabaga erishgan, lekin JCH-2002 turnirida muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.

1993/94-2002/03 yillar mavsumlari oralig‘ida mahalliy tadbirkor Garilli tasarrufidagi "Pyachensa" klubi "A" seriyasida to‘p surdi. Keyin jamoa 2011 yilga qadar o‘z saviyasiga ancha yaqin bo‘lgan "V" seriyasida ishtirok etgandi. Barchamizga yaxshi tanish aka-uka Inzagilar aynan shu shaharda tug‘ilib, ulg‘ayishgan va nomdosh klub akademiyasida tahsil olishgan. 2006 yilda jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan Alberto Jilardino professional faoliyatini shu jamoada boshlagan, keyinchalik taniqli murabbiy maqomiga ko‘tarilgan Stefano Pioli esa "V" seriyadagi mavsumlarning birida "Pyachensa"ni boshqargandi.

Yaqin o‘tmish voqealarini eslatib o‘tishimizning asosiy sababi shuki, hozir havaskorlar "D" seriyasining tubida yurgan "Pyachensa" o‘zining yuz yillik tarixida shonli davrlarni ham boshdan kechirgan. Uning Leonardo Garilli (90-yillarda jamoani "S" seriyasidan "A" seriyasiga olib chiqqan shaxs) nomidagi stadionida 2001 yilda bo‘lajak jahon chempionlari - Kannavaro, Materassi, Zambrotta, Gattuzo va Filippo Inzagilar Italiya terma jamoasi libosida maydonga tushishgan. Lekin 2010|11 yillar mavsumi yakuniga ko‘ra "V" seriyasini tark etdi: avvaliga bankrotga uchradi, keyin "D" seriyasida qaytadan shakllanib, "S" seriyasiga ko‘tarildi va yana "D" seriyasiga qaytdi.

O‘tgan mavsumda jamoa "S" seriyasiga chiqish arafasida turgandi. Biroq so‘nggi turdagi mag‘lubiyat barcha harakatni puchga chiqardi. 1-1,2 mln. yevro byudjetga ega "Pyachensa" shu mavsumda professional futbolga qaytishni rejalashtirgandi. Biroq amalda jamoaning barcha urinishlari chippakka chiqaverdi. Oktyabrdagi murabbiy almashuvi samara bermadi, 19 noyabrda esa, "Pyachensa" ehtimol, chinakam jahon rekordini o‘rnatgandir. Shu bir kun ichida klub 3 nafar mutaxassisni o‘zining bosh murabbiyi, deb e’lon qildi. Ertalab Karmine Parlato, tushlikda Simone Bentivolyo, kechki payt Stefano Rossini jamoatchilikka tanishtirildi. O‘sha kuni Bentivolyo kunduzgi mashg‘ulotni o‘tkazishga ulgurgan, Rossini esa mavsum boshida "Pyachensa" bilan shartnoma imzolagandi: 7 oktyabrda Parlato uning o‘rnini egallagandi.

Mutasaddilar Karmine Parlato bilan sport direktori Alessio Sestani jamoa "San-Marino" klubiga imkoniyatni boy bergan kuni iste’foga chiqarishdi. Qizig‘i shundaki, o‘sha 17 noyabr sanasida Apennindagi mitti mamlakat terma jamoasi "D" diviziondan "S" divizionga ko‘tarilgan, uning tarkibidagi "San-Marino" klubi vakillari "Pyachensa"ga qarshi o‘yinga kelishmagandi. Biroq bu yo‘qotish klubning Pyachensadan g‘alaba bilan qaytishiga xalal bermadi.

Xullas, 19 noyabrda murabbiy va sport direktori iste’foga chiqarildi, yangi sport direktori Zerminyani Parlato o‘rniga Bentivolyoni olib keldi.

Klub saytidagi ertalabki xabardan so‘ng, muxlislar isyon ko‘tardilar. Aslida, 22000 muxlisga mo‘ljallangan stadionga 1000ga yaqin muxlis keladi, ularning 100ga yaqini "ultras" nomli fanatlar. Ana shu shovvozlarning 5-6 nafari murabbiy va klub prezidentiga keskin norozilik bildirishdi: "Bentivolyo hoziroq klubni tark etadi yoki biz uy va safar uchrashuvlariga borishni to‘xtatamiz".

Sarosimaga tushib qolgan klub rahbariyati avvalgi murabbiyni qaytarishga qaror qildi, lekin Parlatoni emas, Rossinini taklif etdi. Natijada yangi sport direktori Zerminyani o‘zini qoniqtirmaydigan murabbiy bilan ishlaydigan bo‘ldi.

Quvnoq "Pyachensa"ni qanday kelajak kutmoqda?

Murabbiy almashtirish bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatilgan kunning ertasiga 100 000 aholisi bo‘lgan shahar jamoasi "D" seriyasidagi kubok bahsida atigi 6000 kishilik shaharcha jamoasini mahv etdi. "A" seriyasi lazzatini totib ko‘rgan klub yangi mavsumda ana shu raqibiga o‘xshash "Nibbiano Valtidone" jamoasi bilan bitta divizionda to‘p surish xavfi ostida turibdi. Vaholanki, "Pyachensa" shu paytgacha o‘zining yon qo‘shnisi bo‘lmish mitti jamoachaga faqat yuqoridan nazar tashlab turgandi...

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:52, 22.12.2024.
O'qildi: 910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.