Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Eldor Adhamov: "Ishtiyoq juda kuchli"

Eldor Adhamov: "Ishtiyoq juda kuchli"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yaqinda darvozabon Eldor Adhamovning "Andijon" bilan shartnomasini uzaytirgani to‘g‘risida rasmiy xabar berib o‘tgandik.

28 yoshli posbon ortda qolgan mavsum, shartnomani uzaytirishi sababi va yangi mavsum rejalari xususida "Andijon" matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirdi:

- Avvalo, hammani muvaffaqiyatli o‘tgan mavsum bilan tabriklayman. Umumiy qilib gapiradigan bo‘lsam, fevralda Turkiya yig‘inida jarohat oldim. Natijada chempionatni jarohat bilan boshladim. Shu bois boshidagi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldim. May oyida umumiy guruhga qaytdim. Natijada asta-sekin umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilib oldim.

Men uchun ham, jamoa uchun ham mavsum yaxshi o‘tdi. Bunga isbot sifatida tarixda ilk bor qo‘lga kiritilgan O‘zbekiston Kubogini aytishim mumkin. Superligada deyarli 8-o‘rinni oldik. Ikkita frontda o‘ynab turib bunday natija qayd etish juda qiyin. To‘g‘ri, biz bundan ham ko‘piga qodir edik. Lekin har doim o‘zimiz o‘ylagandek bo‘lavermaydi.  To‘g‘ri, orada muvaffaqiyatsiz o‘yinlarimiz ham bo‘ldi. Ammo bu sport. Sportda har xil holatlar bo‘lib turadi. Bundan har kim har xil xulosa qiladi. Xudoga shukr, biz xarakter ko‘rsatib, vaziyatni o‘nglay oldik va biz uchun hammasi yaxshilik bilan tugadi. O‘zimizga kerakli natijani qayd eta oldik. Bunda jamoadagi har bir futbolchi va xodimning hissasi katta. Buning uchun barchaga rahmat.

Mavsum tugashiga ikkita tur qolganida o‘ylantirib qo‘yadigan taklif bo‘ldi. Lekin xuddi bu taklifni murabbiylar shtabi bilganidek, o‘zim bilan gaplashishdi. Mana, jamoam bilan muzokarani olib bordik va yakunda kelishdik. Kelasi yili "Andijon"ni ajoyib mavsum kutyapti. Osiyo Chempionlar ligasida debyutini o‘tkazadi va o‘zini ko‘rsatishga bo‘lgan ishtiyoqi juda kuchli. Bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarib yuborgim kelmadi.

Mavsum oxirlagan sari o‘zimni sport formamni yuqori darajasiga chiqib bordim. Kelasi yilga oldimga Superliga va OCHLda bundan-da munosib ishtirok etib, jamoamga hissa qo‘shish hamda katta marralarni zabt etish maqsadini qo‘ydim. Ko‘tarilish pog‘onalarimdan biri minimum terma jamoa darajasiga chiqish va uning tarkibiga kirish", - deydi Adhamov.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 12:23, 16.12.2024.
O'qildi: 607 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик