Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Metallurg" Superligani tark etadimi?

"Metallurg" Superligani tark etadimi?

Baho:
+ | -

"Metallurg" futbol klubining Superligada ishtirok etishi yoki etmasligi masalasi OAV kun tartibida turibdi. Shuningdek, klub bu huquqdan voz kechsa, uning o‘rnini kim egallashi mumkinligi ham muhokama mavzusiga aylangan.

Aytish lozimki, jamoaning Superligada ishtirok etishi yoki etmasligi masalasida klub yoki uning ta’sischisi Ligaga xabar bermagan. Liga "Metallurg" 7 nafar asosiy futbolchi bilan mavjud mehnat shartnomasini bekor qilgani, bir necha futbolchi klub bilan shartnomasi yakuniga yetgani uchun erkin agentga aylangani, shuningdek, 10 dekabr kuni «Metallurg» MCHJ PFK yagona ishtirokchisining 1-sonli navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilib, klub direktori Shavkat Saidov lavozimidan ozod etilgani haqida biladi.

Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida Liga O‘zmetkombinat AJga rasmiy murojaat bilan chiqib, "Metallurg" futbol klubining Superligadagi ishtiroki masalasiga joriy yilning 24 dekabr sanasiga qadar oydinlik kiritishni so‘radi. Kelgusi qarorlar shu asosida qabul qilinadi.

"Metallurg" musobaqada ishtirok etmasa, uning o‘rni qanday to‘ldirilishi yuzasidan OAV qator savollar bilan murojaat qilayotganidan kelib chiqib, Liga mazkur masalaga tushuntirish berib o‘tadi. Bunda «Superliga va Proliga reglamenti»ning 10.2 hamda 10.3-bandlariga e’tibor qaratish so‘raladi.

10.2-bandida klub lisenziyalash talablarini bajara olmasa, O‘FA tegishli qo‘mitasi uni musobaqadan chetlashtirishi mumkinligi va shunday bo‘lsa, uning o‘rni quyi liganing tartib bo‘yicha lisenziyalash talabini bajara olgan keyingi klub bilan to‘ldirilishi ko‘rsatilgan. Superligada to‘p tepishi lozim bo‘lgan 16 ta klubning barchasi lisenziyalash talabini bajargan. Xususan, "Metallurg" futbol klubi ham OFK lisenziyasini qo‘lga kiritgan. Shundan kelib chiqilsa, uning musobaqadan chiqib ketishi mazkur band bilan tartibga solinmaydi.

10.3-bandda esa yuqori toifadagi ligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan klubning shu huquqdan voz kechishi masalasida so‘z boradi. Huquq Proliga musobaqasi va o‘tish o‘yinlari orqali qo‘lga kiritiladi. "Metallurg" ikkinchi holat bilan Superligaga qayta qo‘shilgani sizga ma’lum. Demak, agar "Metallurg" klubi Superligada ishtirok etish huquqidan voz kechsa, reglament bo‘yicha uning o‘rni mavsum yakuniga ko‘ra keyingi o‘rinni egallagan va lisenziyalash talabiga javob beradigan boshqa futbol klubi bilan to‘ldirilishi lozim. Mana shu nuqtada Liga Superliga uchun o‘tish o‘yiniga e’tibor qaratadi. Sir emaski, Superligaga yo‘llanma beruvchi so‘nggi o‘yinda "Metallurg" va "Olimpik" jamoalari o‘zaro kurash olib bordi. Shundan kelib chiqilsa, "Metallurg"ning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan keyingi klub "Olimpik" hisoblanadi.

Agar "Olimpik" futbol klubida moliyalashtirish va boshqa masalada muammo o‘rtaga chiqsa, Liga u holda reglamentning 10.2-bandiga murojaat qiladi. Proliga mavsumi yakuniga ko‘ra dastlabki to‘rt o‘rinni qo‘lga kiritgan klublar Superliga yo‘llanmasiga ega chiqdi. 5-o‘rindan joy olgan "Aral" esa OFK lisenziyasini qo‘lga kirita olmagan. Biroq 6-o‘rinni band qilgan "Xorazm" futbol klubida lisenziya mavjud. Ya’ni, Superliga uchun "Olimpik" futbol klubidan keyingi nomzod Xorazm hisoblanadi.

Shu nuqtada OAV tomonidan tilga olinayotgan "Lokomotiv" futbol klubi masalasiga ham to‘xtalish mumkin. "Temiryo‘lchilar" Superligada so‘nggi o‘rinni egallab, Proligaga yo‘l olgan. "Lokomotiv" 2025 yilgi mavsumni Superligada o‘tkazishi uchun yuqoridagi ketma-ketlik amalga oshishi lozim. Ya’ni, birinchi galda "Metallurg" Superligada o‘ynash huquqidan voz kechishi, keyinchalik "Olimpik" va undan keyin "Xorazm" klubi bunday imkoniyatga ega bo‘lmasligigina "Lokomotiv" uchun yo‘l ochadi. Chunki "Xorazm" lisenziyaga ega chiqqan Proliganing so‘nggi jamoasi hisoblanadi.

"Aral", "Mobiuz", "Do‘stlik" klublari OFK lisenziyaga ega emas. Shundan kelib chiqilsa, eng so‘nggi o‘rinda "Lokomotiv" variantiga murojaat qilinishi mumkin. Bu masala Liga Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi kerak bo‘ladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:00, 18.12.2024.
O'qildi: 3221 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.