"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim matbuot anjumanida jamoa vingeri Antoni haqida gapirdi.
"Antoniga ko‘proq ishonch kerak. “Ayaks”da o‘ynaganini eslayman. Hozir unga yakkama-yakka o‘ynaganda o‘ziga ishonch yetishmayapti. Ammo u qattiq ishlaydi va harakat qiladi. U harakat qilmoqda va men uning yaxshilanishiga yordam beraman", dedi Amorim.
"Manchester Yunayted" ayni damda APL doirasida "Bornmut"ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.













