Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Bekzod Mamatqulov O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti etib saylandi

Bekzod Mamatqulov O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti etib saylandi

Baho:
+ | -

Toshkentda 25 dekabr kuni O‘zbekiston futzal federasiyasining taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Tadbir avvalida O‘FA hamda O‘zPFL futzalni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, mini-futbol va sohil futbolini aholi orasida ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida ularni yagona tuzilmaga birlashtirishga qaror qilingani qayd etildi.

O‘FA bosh kotibi Avaz Maksumovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston futzal federasiyasining Ustav loyihasi hamda Ijroiya qo‘mita a’zolari tasdiqlangan. Shundan so‘ng, tashkilotning ta’sis hujjatlari belgilangan tartibda Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan.

2025 yildan faoliyatini boshlaydigan O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti etib BMB Holding kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov nomzodi ma’qullandi. Jumladan, federasiyada:

Bekzod Mamatqulov — federasiya prezidenti;
Aziz Akbarjonov — vise-prezident;
Ma’rufjon Abdullayev — bosh kotib.

Tadbir davomida futzal bo‘yicha terma jamoamizning keyingi Jahon chempionatlarida munosib ishtirok etishiga tilak bildirildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:14, 25.12.2024.
O'qildi: 678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик