Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Diyora Keldiyorova: "3 yildan beri bu nomni qo‘lga kiritish uchun harakat qilayotgan edim"

Diyora Keldiyorova: "3 yildan beri bu nomni qo‘lga kiritish uchun harakat qilayotgan edim"

Baho:
+ | -

Dzyudo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova tarixiy natijasi bilan haqli ravishda "Milliy sport mukofoti-2024" taqdirlash marosimida yilning eng yaxshi ayol sportchisi deb topildi. Diyora bilan bu haqida kichik suhbat tashkil qilganimizda u joriy mukofotga ega chiqish asosiy maqsadlaridan bo‘lganini, bir necha yildan beri ushbu nomga ega chiqish uchun harakat qilayotganini ta’kidladi.

– Bu mukofot Sizga qanday motivasiya beradi?
– 3 yildan beri bu nomni qo‘lga kiritish uchun harakat qilayotgan edim. Bunday mukofotga sazovor bo‘lish 2024-yilgi nasib qilgan ekan, bundan juda ham xursandman. Chunki o‘z yurtimizda yilning eng yaxshi sportchisi bo‘lish biz atletlar uchun xuddi Olimpiadada g‘alaba qozongan bilan barobar. Sportchi yaxshi karera qilgan bo‘lsada, lekin o‘z Vatanida eng yaxshi bo‘lish nasib qilmasligi ham mumkin. Endi bunga munosib bo‘lib, yanada yaxshi natijalar ko‘rsatishga harakat qilaman.

– Tadbirda qatnasha olmagan bo‘lsangiz ham nimalarni his qildingiz?
– Ba’zi sabablarga ko‘ra taqdirlash marosimida ishtirok eta olmadim. Lekin tadbir shukuhini his qilib turdim. Yurtimizda juda ko‘p iqtidorli sportchilar bor. Ular orasida men g‘alaba qozonganim faxrlanarli voqelik bo‘ldi. Bu yil oldimga qo‘ygan maqsadlarimdan biri nafaqat Olimpiada chempionligi, balki ushbu nomga ega chiqish ham edi.

– Sizga IJF tomonidan o‘tkazilayotgan tanlovda ham eng yaxshi bo‘lishingizni tilab qolamiz.
– Rahmat, buning uchun qo‘llab turgan barcha yurtdoshlarimizga cheksiz minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 13:42, 30.12.2024.
O'qildi: 1648 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.