Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Yuventus" "Barselona" himoyachisini ijaraga olmoqchi

"Yuventus" "Barselona" himoyachisini ijaraga olmoqchi

Baho:
+ | -

Andreas Kristensenga Angliya va Italiyada talab bor.

«Mundo Deportivo» nashrining yozishicha, "Manchester Yunayted" va ayniqsa "Yuventus" himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uni qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Italiyalik jurnalist Alfredo Pedullaning xabar berishicha, Turin klubi futbolchini ijaraga olishni so‘ramoqchi.

"Yuventus" bosh murabbiyi Tyago Motta yana Ronald Arauxo transferidan manfaatdor, ammo Kristensen varianti haqiqatga yaqinroq. Pedullaning so‘zlariga ko‘ra, "Barselona"ning murakkab moliyaviy ahvoli klubni yanvar oyidayoq, hatto ijara orqali ham ba’zi futbolchilar bilan xayrlashishga majbur qilishi mumkin.

28 yoshli Kristensen yaqinda jarohatidan so‘ng jamoa bilan mashg‘ulotlarga kirishgan. Daniyalik avgust oyida La Liganing birinchi turidan keyin o‘ynamagan.

Kiritildi: 10:40, 01.01.2025.
O'qildi: 1258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик