Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

La Liga va RFEF "Barselona"ga to‘sqinlik qilishda davom etadi

La Liga va RFEF "Barselona"ga to‘sqinlik qilishda davom etadi

Baho:
+ | -

So‘nggi bir necha soat ichida La Liga va Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi (RFEF) bir nechta jurnalistlarga "Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo va hujumchi Pau Viktorni Ispaniya chempionatining ikkinchi davrasiga ro‘yxatdan o‘tkazishiga ruxsat bermasliklarini aytishdi. Bu haqda jurnalist Toni Xuanmarti X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar Kataloniya klubi La Liga va RFEF'ning bu qaroriga e’tiroz bildirmoqchi bo‘lsa, u faqat qonuniy yo‘llardan foydalanishi kerak bo‘ladi.

1 yanvar kuni La Liga Olmo va Viktorni mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tgan "Barselona" futbolchilari ro‘yxatidan olib tashlagandi.

Kiritildi: 21:23, 03.01.2025.
O'qildi: 1684 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик