"Yuventus" yarim himoyachisi Manuel Lokatelli "Milan"ga qarshi o‘yinda (1:2) golga sabab bo‘lgan xatosi haqida fikr bildirdi.
- Albatta, birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, keyin esa o‘yin natijasiga ta’sir qilgan xatoga yo‘l qo‘ydim. Raqiblarimizning darajasini tan olishimiz kerak, "Milan" o‘sib bormoqda, achinarlisi, biz ham finalni maqsad qilgandik", - deya Lokatelli so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, finalda "Milan" "Inter"ga qarshi o‘ynaydi.