Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio - Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano - Selta
11/01 18:00 Alaves - Jirona
11/01 19:00 Empoli - Lechche
11/01 19:00 Udineze - Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid - Betis
11/01 22:00 Torino - Yuventus
11/01 22:30 Espanyol - Leganes

Mirzad Mexanovich: «Andijon» muxlislariga yoqadigan o‘yinlar namoyish etamiz»

Mirzad Mexanovich: «Andijon» muxlislariga yoqadigan o‘yinlar namoyish etamiz»

Baho:
+ | -

«Andijon» klubiga yangi taklif qilingan bosniyalik legioner Mirzad Mexanovich jamoa bilan mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda.

O‘zini ko‘rsatish borasida ishtiyoqi baland bo‘lgan ushbu futbolchi «Andijon» klubi matbuot xizmatiga birinchi intervyusini berdi.

— Mirzad, «Andijon» futbol klubiga xush kelibsiz! Bu siz uchun yangi chorlov. Jamoamizga kelib qo‘shilishingiz haqida o‘ylaganmidingiz?

— Avvalo  tabrik uchun rahmat. Bu yerga kelganimdan baxtiyorman. Klubimiz ishqibozlari O‘zbekistondagi eng yaxshilari ekanligi haqida eshitgandim. Fursatdan foydalanib ularga o‘z salomimni yetkazmoqchiman. Nasib qilsa, klub bilan muxlislarimizni quvontira olamiz. Darhaqiqat, bu men uchun yangi chorlov. Qozoq mentalitetidan sal xabardor edim. Shu bois hozir fikrlarimni ruschada ifodalab beryapman. O‘zbekona mentalitetni ham o‘zlashtira olishimga ishonchim komil. Qozoq va o‘zbeklar bir-biriga juda ham yaqin millatlar, turmush tarzlari ham yaqin. Bu xuddi bizning Bolqondagi bosniyalik, serb va xorvatlar kabi o‘xshash. O‘ylashimcha, o‘zbek diyorida menda biror muammo bo‘lmasa kerak.

— Bu futbolchilik faoliyatingizda O‘zbekistondagi ilk tajriba bo‘ladi. Ilgari ham xizmatingizga bizning jamoalardan takliflar bo‘lganmi?

— Takliflar bo‘lgan, ammo ish oxirigacha yetmasdan qolgandi. Bu safar esa hammasi butunlay boshqacha bo‘ldi.

— «Andijon» muxlislari O‘zbekistondagi eng yaxshilari. Klub qaerda o‘ynamasin, ular o‘sha yerda hozir bo‘lishadi. O‘z navbatida ishqibozlarimiz o‘ta talabchan. Siz har jihatdan tayyormisiz?

— Rostini aytsam, Chimkentda ham yaxshi jamoa va muxlislar bo‘lgan. Stadionda 10-18 ming muxlislar ko‘z o‘ngida o‘ynaganmiz va bunday bosim qanday bo‘lishidan xabardorman. Biz o‘yinchilar aynan ishqibozlar uchun futbol o‘ynaymiz. Umid qilamanki, «Andijon» muxlislariga yoqadigan o‘yinlar namoyish etamiz.

— Ilgari o‘zbek futboli haqida ma’lumotlarga ega bo‘lganmisiz?

— Ha, ancha-muncha xabarim bor edi. Boz ustiga yurtingizda bolqonlik ko‘plab o‘yinchilar o‘ynab kelishadi. Masalan, Yovovich mening do‘stim hisoblanadi. U bilan Chexiyada to‘p surganman. Vaqti-vaqti bilan gaplashib turamiz. Umuman olganda, tanishlarim bilan suhbatlar orqali yurtingiz va u yerdagi futbol haqida ancha bilib olganman.

— Aftidan, asosiy ma’lumotlarni Yovovich orqali bilib olgan bo‘lsangiz kerak?..

— Faqat u bilangina emas. «Andijon»dan taklif olganimdan so‘ng chempionatingizni yaxshi biladigan boshqa tanishlarim bilan ham yozishdim, gaplashdim.

— O‘z oldingizga qanday maqsadlarni qo‘yyapsiz?

— Birinchi navbatdagi maqsadim — bu murabbiyning mendan ko‘ngli to‘lishiga erishishdir. Asosiy tarkibdan joy olishni xohlayman. Xudo xohlasa, murabbiy, sheriklarim va muxlislar oldida uyalib qolmaslikka harakat qilaman.

— Muxlislarimizga aytadigan gapingiz bormi?

— Ulardan klubimizni har doim qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini so‘rayman. O‘z o‘rnida biz ham ishqibozlarizga yoqadigan o‘yinlar namoyish etishga harakat qilamiz va birgalikda yaxshi natijalarga erishamiz, degan umiddaman.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 09:45, 10.01.2025.
O'qildi: 495 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.