"Manchester Siti" darvozaboni Ederson Morayes jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi. Bu haqda "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jurnalistlarga ma’lum qildi.
Braziliyalik darvozabon dekabr oyi o‘rtalarida jarohat olib, Angliya Premyer-ligasining so‘nggi beshta o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi.
Joriy mavsumda 31 yoshli Ederson barcha turnirlarda 18ta o‘yin o‘tkazib, 29ta gol o‘tkazib yubordi.