Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

O‘zbekistonlik karatechi qiz Gruziyada shohsupaga ko‘tarildi

O‘zbekistonlik karatechi qiz Gruziyada shohsupaga ko‘tarildi

Baho:
+ | -

Gruziyaning Tbilisi shahrida karate WKF bo‘yicha jahon reyting ballarini beruvchi “ A” ceriyasi tasnifida o‘tayotgan musobaqada o‘zbekistonlik sportchi sovrindorlar qatoridan joy egalladi.

87 ta davlatning ming nafardan ziyod karatechilari ishtirok etayotgan yilning ilk reyting turnirida bosh murabbiy Sulaymon Yusupov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasining 16 nafar a’zosi Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.

Ishtirokchi davlatlar ro‘yxatiga nazar tashlansa, turnirda Eron va Gruziya terma jamoalari 140 nafardan, Turkiya 105, Italiya 80, Qozog‘iston 46 nafar shuningdek, Rossiya, Yaponiya, Fransiya jamoalari 30 nafardan oshiq ishtirokchi bilan musobaqada ishtirok etmoqda.

Tbilisi tatamilarida kechayotgan turnirning ayollar o‘rtasida -55 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda terma jamoamiz a’zosi Sevinch Rahimova karatening kumite yo‘nalishidagi janglarda bir qator tajribali raqiblarini yengib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Sevinch Rahimova finalgacha Angliya, Eron, Turkiya kabi bir qator mamlakatlarning mahoratli karatechilaridan ustun keldi. Hamyurtimiz mag‘lub etgan sportchilar orasida jahon chempionati sovrindorlari, Yevropa va Osiyo qit’asi chempionlari bor ediki, bu, uning har bir bahsi final darajasida o‘tganligini anglatmoqda.

Murakkab kechgan final jangida hamyurtimiz yaponiyalik karatechi qizga ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bugun, 12 yanvar kuni nufuzli musobaqaning so‘nggi kunida og‘ir vazndagi kumite bellashuvlari hamda kata bo‘yicha jamoalar o‘rtasidagi musobaqalar tashkil etiladi.

Kiritildi: 10:53, 12.01.2025.
O'qildi: 595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик