Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasiga litvalik mutaxassis bosh murabbiy etib tayinlandi

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasiga litvalik mutaxassis bosh murabbiy etib tayinlandi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 2029 yilda ayollar futboli bo‘yicha qit’aning eng nufuzli turniri — ayollar Osiyo kubogiga mamlakatimiz mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqaga munosib hozirlik ko‘rish va 2026 yilgi Osiyo kubogida O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasining ishtirokini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod Kotrina Kulbite bilan uchrashdi. Dastlab, litvalik mutaxassis mamlakatimiz futboli tarixi va qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda ayollar sporti, xususan, futbolga berilayotgan e’tibor haqida ma’lumot berildi.

O‘FA rahbariyati ayollar futboli kun sayin rivojlanayotgani va futbol bilan shug‘ullanayotgan qizlar soni ortib borayotganini e’tirof etib, mamlakatimiz mezbonlik qiladigan 2029 yilgi ayollar Osiyo kubogida munosib ishtirok etish, Jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish asosiy maqsadlarimiz ekani, shuningdek, joriy yilning iyun oyida o‘tkaziladigan 2026 yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichida yuqori natija ko‘rsatib, qit’a turniriga yo‘llanma olishimiz zarurligini ta’kidladi.

O‘z navbatida Kotrina Kulbite ulkan tarix va katta potensialga ega jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanayotganidan mamnun ekani va O‘zbekistonda ayollar futboli yanada rivojlanishida bor kuch-g‘ayratini ishga solishga tayyorligini bildirdi.

Shundan so‘ng, UEFAning «Pro» lisenziyasiga ega bo‘lgan Kotrina Kulbite bilan shartnoma masalasida dastlabki muzokaralar olib borildi. Litvalik mutaxassisning vazifalari muhokama qilindi va kelgusidagi rejalar xususida fikr almashildi.

Ma’lumot o‘rnida, Kotrina Kulbite UEFAning murabbiylarni o‘qitish bo‘yicha instruktori hisoblanadi. Litva ayollar terma jamoasi va turli yosh toifalaridagi qizlar terma jamoalarida bosh murabbiy va yordamchi murabbiy lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:02, 16.01.2025.
O'qildi: 1079 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик