Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik: "Fati nima qilishni o‘zi hal qiladi"

Flik: "Fati nima qilishni o‘zi hal qiladi"

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ansu Fatining kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"O‘yinchilarga nisbatan adolatli bo‘lish men uchun juda muhim. Biz turli xil variantlarni muhokama qildik va u nima qilishni o‘zi hal qiladi. Agar u qolishni istasa, yaxshi. U shu yerda o‘sgan "La Masiya" futbolchisi va biz unga imkon qadar g‘amxo‘rlik qilamiz. Biz uning motivasiyasini ko‘rishni istaymiz. U professional.

Bizning vazifamiz uning o‘sishi va rivojlanishiga yordam berishdir. Biz barcha futbolchilar bilan shunday qilamiz. Shuni qo‘shimcha qilishim mumkinki, Ansu juda professional, o‘z ishiga e’tibor qaratadi va men unga yordam berishdan zavqlanaman", - dedi Flik ertaga bo‘lib o‘tadigan "Xetafe"ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Kiritildi: 17:50, 17.01.2025.
O'qildi: 1433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик