Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

"Yuventus" Kolo-Muani ishi bo‘yicha "PSJ"dan g‘azabda

"Yuventus" Kolo-Muani ishi bo‘yicha "PSJ"dan g‘azabda

Baho:
+ | -

"Yuventus" "PSJ"dan Randal Kolo-Muanining ijarasi bilan bog‘liq muammolar tufayli g‘azabda.

Avvalroq, "PSJ" FIFA tomonidan belgilangan ijara limitini tugatgani sababli hujumchiga o‘tish cho‘zilayotgani ma’lum bo‘lgandi. Hozirda parijliklar olti futbolchidan birining ijarasini to‘xtatishi yoki to‘liq transferni rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi.

Hozirda Xavi Simons ("RB Leypsig"), Karlos Soler ("Vest Xem"), Nordi Mukiele ("Bayer"), Renatu Sanshesh ("Benfika"), Xuan Bernat ("Vilyarreal") va Sher Ndur ("Beshiktosh") "Pari Sen-Jermen"dan ijaraga olingan.

L'Equipe nao‘rining xabar berishicha, parijliklar bu ma’lumotni "Yuventus"ga o‘z vaqtida yetkazmagan.

"Yuventus" sport direktori Krishtianu Juntoli "PSJ"ning ijara o‘yinchilarini nazorat qiluvchi Paskal Sensibilening ishidan g‘azablangan.

"Yuve" "PSJ"ni "mutlaq havaskorlar" deb atadi.

Kiritildi: 04:10, 18.01.2025.
O'qildi: 1282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик