"Manchester Yunayted" o‘z maydonida o‘tkazgan so‘nggi 5 uchrashuvning 4 tasida mag‘lub bo‘lgan.
Bugun Ruben Amorim shogirdlari APLning 22-turida "Old Trafford"da "Brayton"ga imkoniyatni boy berishdi (1:3).
"Manchester Yunayted" o‘z uyida o‘tkazgan so‘nggi 5 uchrashuvda faqat bitta g‘alabaga erishdi - "Sautgempton" (3:1). Bungacha mankunianliklar o‘z uylarida ketma-ket uch marta mag‘lub bo‘lishgandi - "Nottingem Forest" (2:3), "Bornmut" (0:3) va "Nyukasl" (0:2).













