Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Futzalchilarimiz Osiyo kubogiga yo‘l oldi

Futzalchilarimiz Osiyo kubogiga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Toshkent shahridagi “Yunusobod“ sport majmuasida futzal bo‘yicha ayollar Osiyo chempionati saralash bosqichining “C” guruhidagi bahslar o‘z yakuniga yetdi.

Bugungi bahslarning dastlabkisida Avstraliya terma jamoasi 2:1 hisobida Filippin terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. 12 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni egallagan holda Osiyo kubogiga yo‘l oldi. Filippin esa 7 ochko jamg‘argan holda uchinchi o‘rindan joy oldi. Bu orqali ular eng yaxshi natijaga ega bo‘lgan uchinchi o‘rin sohibi bo‘lib, qit’a birinchiligiga chiqdi.

Farrux Zokirov boshchiligidagi futzalchilarimiz esa saralashning so‘nggi o‘yinida Turkmaniston ustidan 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi gollarimizning 5 tasiga Maftuna Shoyimova, bittasiga Nilufar Qudratova mualliflik qildi.

Mazkur natija orqali terma jamoamiz ochkolarini 7 taga yetkazdi va gollar nisbatiga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni egallab Osiyo kubogida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. “S” guruhida Turkmaniston 3 ochko bilan, Quvayt esa ochkosiz 4-5-pog‘onalarda qayd etildi.

Ma’lumot o‘rnida: 2025 yilning 7–18 may kunlari Xitoyda futzal bo‘yicha Osiyo kubogi final bosqichi o‘tkaziladi.

Mazkur qit’a birinchiligida eng yaxshi natija ko‘rsatgan uch terma jamoa 21 noyabr - 7 dekarb kunlari Filippinda o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma oladi.

Kiritildi: 02:11, 20.01.2025.
O'qildi: 1086 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик