Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Amorim: "Jamoa men kelganimdan keyin yomonroq o‘ynay boshladi"

Amorim: "Jamoa men kelganimdan keyin yomonroq o‘ynay boshladi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning yomon natijalari haqida fikr bildirdi.

“Men futbolchilardan javobgarlikni olib tashlamayman. Aytmoqchimanki, 10 ta o‘yindan 7 tasida mag‘lub bo‘lgan “Manchester Yunayted” jamoasini topish uchun juda ko‘p harakat qilish kerak.

O‘sha futbolchilar yangi murabbiy bilan yomonroq o‘ynay boshlashdi. Hozir meni eng ko‘p tashvishlantirayotgan narsa shu. To‘pga ega bo‘lganimizda juda asabiymiz. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aytyapman: biz juda yomon o‘ynayapmiz, natijalarimiz dahshatli. Buning uchun eng katta mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman, chunki men murabbiyman", dedi Amorim jurnalistlarga.

23 yanvar, payshanba kuni “Manchester Yunayted” Yevropa Ligasi doirasida “Reynjers”ga qarshi o‘ynaydi.

Kiritildi: 20:32, 22.01.2025.
O'qildi: 869 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик