Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Timur Kapadze: "Terma jamoa men uchun doim birinchi o‘rinda turadi"

Timur Kapadze: "Terma jamoa men uchun doim birinchi o‘rinda turadi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga aylangan Timur Kapadze "oq bo‘rilar"ning Dubaydagi yig‘iniga yetib bordi. Murabbiy bu lavozimga tayinlanishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi navbatda Srechko Katanesga sog‘lik tilaymiz. Hammamiz Srechkoning o‘zi jamoani oxirigacha olib borishini xohlar edik, ammo bu bizning qo‘limizda emas. Sog‘lik birinchi o‘rinda. Rahbariyat tomonidan kecha mening nomzodim tasdiqlandi. Menga terma jamoa begona emas, bu libosda ko‘p yillar harakat qilganmiz, murabbiy va yordamchi murabbiy sifatida ham ishlaganmiz. Shu sabab, terma jamoa doim men uchun birinchi o‘rinda turadi. Bizga vazifa berildi, buni askardek bajarishimiz kerak. Yig‘inga yetib keldik, bugun birinchi kun. Yigitlar bilan chiqishib ketdik. O‘ylaymanki hammasi yaxshi bo‘ladi. Mart oyida oldimizda muhim ikki o‘yin turibdi. Unga oz muddat qoldi. Oldimizga qo‘yilgan vazifa - Jahon chempionati. Eng muhim o‘yinlar turibdi. Qiyin pallada kelishga to‘g‘ri keldi. Bosim va ma’suliyat bor. Nima kerak bo‘lsa, barchasini qilamiz. Bizda boshqa yo‘l yo‘q. Futbolchilarning g‘alaba uchun qobiliyati bemalol yetadi. Muxlislar bilan birgalikda biz katta kuchmiz. O‘ylaymanki, futbolchilar va muxlislar birgalikda kerakli natijani qo‘lga kiritamiz", - dedi Kapadze.

Kiritildi: 13:37, 23.01.2025.
O'qildi: 2410 marta.
Fikrlar: 61 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик